IEM Beijing 2026 2-noyabr kuni boshlandi va dastlabki o‘yinlardayoq bir nechta kutilmagan natijalar qayd etildi. NAVI Falconsni 2:0 hisobida mag‘lub etdi, PARIVISION G2 va Liquidni quyi setkaga tushirdi, MOUZ esa turnirni ikkita quruq g‘alaba bilan boshladi. Jamoalar 6–8-noyabr kunlari o‘tadigan pley-offning oltita yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.
Pekinda 16 ta jamoa ishtirok etmoqda, umumiy sovrin jamg‘armasi esa 1,25 million dollar. Guruh bosqichi 4-noyabr kuni yakunlanadi. Ungacha 888STARZ bilan dastlabki natijalarni tahlil qilib, hal qiluvchi bosqich oldidan jamoalarning imkoniyatlarini baholaymiz.
NAVI – Falcons 2:0: favoritlardan biri ustidan ishonchli g‘alaba
NAVI turnirni Falcons ustidan qozonilgan yorqin g‘alaba bilan boshladi. Jamoa raqibga birorta ham xarita bermadi: Ancientda 13:5, Mirageda 13:11. Seriyaning eng yaxshi o‘yinchisi w0nderful bo‘ldi — uning hisobida 38 ta kill va 19 ta o‘lim bor.
Falcons chempionlikka da’vogarlardan biri sifatida kelgan edi, ammo birinchi o‘yindayoq quyi setkaga tushib qoldi. NAVI esa individual mahorat borasida yaxshi taassurot qoldirdi. Shunga qaramay, oldinda jamoani yanada murakkab sinovlar kutishi mumkin.
Keyingi raqib — FaZeni 2:1 hisobida mag‘lub etgan FURIA. Braziliyaliklar PGL Masters Bucharest chempionligi bilan Pekinga kelgan, biroq oktabr oyida NAVI ularni 2:0 hisobida yenggan edi. Shu sababli bu bahs guruh bosqichining eng qiziqarli uchrashuvlaridan biriga aylanishi mumkin.
PARIVISION: ikkita g‘alaba va pley-off yo‘llanmasi
PARIVISION dastlabki kunlarning eng yaxshi jamoalaridan biri bo‘lib turibdi. Jame boshchiligidagi tarkib avval G2ni 2:1 hisobida yengdi, keyin esa Liquidga hech qanday imkoniyat qoldirmadi: Ancientda 13:7, Inferno xaritasida 13:9.
Liquid bilan uchrashuv oldidan eSportRanker agregatorida 888STARZ nomi ostida quyidagi koeffitsiyentlar ko‘rsatilgan edi:
- Liquid — 2.15
- PARIVISION — 1.70
Favorit kutilgan natijani qayd etdi. PARIVISION allaqachon pley-off yo‘llanmasini kafolatladi. Endi guruhning yuqori setka finalida g‘alaba qozonsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yarim finalga chiqadi.
MOUZ: to‘rtta xarita, to‘rtta g‘alaba
MOUZ ham turnirni juda ishonchli boshladi. Jamoa dastlab TYLOOni 2:0 hisobida mag‘lub etdi, so‘ng BetBoom Team ustidan ham xuddi shunday natijaga erishdi: Ancientda 13:6, Mirageda 16:14.
BetBoom bilan uchrashuv oldidan eSportRanker ma’lumotlarida ko‘rsatilgan 888STARZ koeffitsiyentlari:
- MOUZ — 1.40
- BetBoom Team — 2.96
MOUZ favorit maqomini oqladi va endi PARIVISION bilan yarim finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma uchun kurashadi. Ammo 2:0 hisobi uchrashuv oson kechganini anglatmaydi. BetBoomga qarshi ikkinchi xaritada g‘olib faqat overtaymda aniqlandi.
Pley-off yaqinlashmoqda. Jamoalarning hal qiluvchi bosqichga chiqish kurashini kuzating va navbatdagi CS2 bahslarini 888STARZ bilan tanlang.
Guruh bosqichidagi boshqa natijalar
| Uchrashuv | Hisob |
| HEROIC – B8 | 2:0 |
| The MongolZ – Legacy | 2:1 |
| Liquid – Aurora | 2:0 |
| BetBoom – 9z | 2:1 |
| Aurora – G2 | 2:1 |
| TYLOO – 9z | 2:0 |
G2 turnirning eng katta omadsizliklaridan biriga aylandi. Jamoa PARIVISION va Auroraga yutqazib, musobaqani muddatidan oldin tark etdi. Aurora esa birinchi mag‘lubiyatdan keyin o‘zini tiklab, quyi setka orqali pley-off uchun kurashni davom ettirdi.
IEM Beijing 2026 pley-off taqvimi
| Sana | Bosqich | Format |
| 4-noyabr | Guruh bosqichi yakuni | Bo3 |
| 6-noyabr | Chorak finallar | Bo3 |
| 7-noyabr | Yarim finallar | Bo3 |
| 8-noyabr | 3-o‘rin uchun bahs | Bo3 |
| 8-noyabr | Grand-final | Bo5 |
Har bir guruhdan uchtadan jamoa keyingi bosqichga chiqadi. Yuqori setka g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yarim finalga yo‘l oladi, qolgan to‘rtta jamoa esa pley-offni chorak finaldan boshlaydi.
Hozircha MOUZ va PARIVISION eng ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Ammo NAVI va FURIAnig ham chempionlik imkoniyatlarini past baholab bo‘lmaydi. Ayniqsa, NAVI Falconsga qarshi ko‘rsatgan darajasini boshqa kuchli raqiblar bilan bahsda ham saqlab qola oladimi — shu qiziq.
Pekinda oltita jamoa chempionlik uchun kurashni davom ettiradi. Pley-off bosimiga kim bardosh berib, bosh sovrinni qo‘lga kiritadi?